Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash sessiyasi oldidan: Ochiqlik va mas’uliyat tamoyili asosida muhim masalalar tahlili
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
"Tinchlik" mahallasidagi faoliyat ijobiy baholandi: Asosiy maqsad — aholi farovonligi
янв.21
Mahalla tizimidagi islohotlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
Mahalla — islohotlar ko‘zgusi: "Eskishahar" mahallasida boshqaruv tizimi tahlil qilindi
янв.21
“Temiryo‘lchi” mahallasida gaz ballonlar muammosi hal etilmoqda
янв.21
"Guliston" mahallasida ijtimoiy himoya: Har bir muhtojga manzilli yordam
янв.21
Farhod mahallasidagi muammo deputat nazoratida
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Muzrabot tumani komissiyasi tomonidan tumandagi tashkilotlarda reja asosida o‘rganish ishlari o‘tkazilmoqda

Jamiyatda shunday illatlar borki, u ma’lum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat – korrupsiya va poraxo‘rlikdir. Aynan shu illat sababli ko‘plab davlatlarning inqirozga yuz tutgani ham tarixdan ma’lum.
Taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘yayotgan O‘zbekiston uchun korrupsiyaning har qanday shakldagi ko‘rinishi islohotlar shiddatini susaytirishi bilan xavfli.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tuman komissiyasining bu safargi o‘rganish manzili tuman elektr ta’minoti korxonasi bo‘ldi.
Komissiya a’zolari tuman elektr ta’minoti korxonasida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish natijasida korxona tomonidan o‘tgan davr mobaynida tizimda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xodimlar o‘rtasida huquqiy ong va madaniyatni oshirish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘rganish yakunida komissiya a’zolari tomonidan korxona xodimlari uchun kichik davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat davomida qatnashchilarga Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyati keng tushuntirildi. Bundan qilingan asosiy maqsad xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimini uzluksiz oshirib borib, korrupsiyaviy omillarning oldini olishdan iboratdir.

Komissiya tomonidan bu kabi amaliy huquqiy targ‘ibot tadbirlari doimiy tarzda tumandagi tashkilot va muassasalarda tashkil qilib boriladi.

Slide 1 of 9