👥 “Sarayko‘l” OFYda o‘tkazilgan uchrashuv davomida mahalladagi ijtimoiy, iqtisodiy va yoshlar bilan ishlash yo‘nalishlari atroflicha ko‘rib chiqildi.
👩🦰 Xususan, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar va faolligini oshirishga qaratilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
🤝 Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan:
▪️ kam ta’minlangan oilalar
▪️ yolg‘iz keksalar
▪️ ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
💼 Uchrashuvda aholi bandligini ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Ishsizlarni ishga joylashtirish, tadbirkorlikka jalb qilish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
🌱 Yoshlar yo‘nalishida esa ularni qo‘llab-quvvatlash, bandlik va tadbirkorlikka jalb qilish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish ishlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, kredit asosida o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro faoliyati bilan tanishildi.
📊 Uchrashuv yakunida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashilib, mavjud masalalarni hal etish va ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.