Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi salomatligi — doimiy nazoratda
янв.21
Termiz shahrining "Abdurahmon Jomiy" mahallasi yettiligi faoliyati hamda investitsiya loyihalari o'rganildi
янв.21
"Oila va xotin-qizlar maskani" — oilaviy qadriyatlar va ayolga e'tibor markazi
янв.21
“Turon” mahallasida ko'p qavatli uylar atrofidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
“Turon” mahallasidagi mas’ullar faoliyati o‘rganildi
янв.21
12-may — Xalqaro hamshiralar kuni
янв.21
Termiz shahar Kengashi kotibiyatining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Kengash doimiy komissiyasining vakolatlari
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 12-15-may)
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 4-8-may kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
Navoiy shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati o‘rganildi

Navoiy shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati N. Irgashievaning xizmat safari bilan Toshkent shahrida bo‘lganligi munosabati bilan, joriy yilning 5 may kuni tasdiqlangan haftalik reja-grafikka muvofiq Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Astanova tomonidan Navoiy shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan 2026 yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi, tasdiqlangan “yo‘l xaritasi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ularning samaradorligi tahlil qilindi.

Jumladan, xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb etish, muammoli va nizoli oilalar bilan manzilli ishlash yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning birinchi choragi davomida 111 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlangan, 126 nafar xotin-qiz kasb-hunar va tadbirkorlik yo‘nalishlarida o‘qitilgan. 

Oila institutini mustahkamlash borasida olib borilgan ishlar natijasida oilaviy ajrimlar soni 73 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 26 taga kamayganligi qayd etildi. Shu bilan birga, 63 ta oila yarashtirilgan.

Xotin-qizlarni himoya qilish yo‘nalishida 189 nafar xotin-qizga himoya orderlari rasmiylashtirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 44 taga kamaygan. 

Shuningdek, 175 nafar yoshlar “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” kurslarida o‘qitilgan.

O‘rganish jarayonida xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va o‘z joniga qasd qilish holatlari qayd etilmaganligi ijobiy ko‘rsatkich sifatida ta’kidlandi.

Oilaviy ajrimlar tahlili ularning asosiy sabablari sifatida uchinchi shaxslarning asossiz aralashuvi, farzandsizlik hamda oilaviy kelishmovchiliklarni ko‘rsatmoqda. Bu holat profilaktik va tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish zarurligini anglatadi.

Shuningdek, mahallalar kesimida manzilli ishlash, muammoli oilalar bilan individual tartibda ish olib borish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bandligini ta’minlash ishlarini yanada takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3