Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Navro‘z" mahallasida tahliliy o‘rganish: Mas’ullar faoliyati va natijadorlik o‘rganildi
янв.21
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali — Termiz shahar qo‘rg‘oni!
янв.21
Senat qarori ijrosi nazoratda: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Ta’lim, mutolaa va sport: Akademik litseydagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
"Saxovat" mahallasida tahliliy o‘rganish: Mahalla raisi faoliyati va natijadorlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari uchun seminar o‘tkazildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ta’lim tizimining ustuvor vazifasi
янв.21
Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani: 26-sonli maktabdagi o‘rganishlar
янв.21
"Surxon tongi" gazetasining 2026-yil 29-apreldagi 17-sonida:
янв.21
Termiz shahar Kengashida budjet mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi
Xalq deputatlari tuman kengashining 107-sessiyasi o‘tkazildi.

   

Xalq deputatlari
tuman kengashining 107-sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda “Hududlarni jadal
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan 2-sektorda amalga
oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.
 

Qayd etilishicha,
birgina “Obod xonadon” yo‘nalishidagi chora-tadbir ijrosi yuzasidan ehtiyojmand
toifadagi 5 oilaning turar-joyi ta’mirlab berilgan. Shuningdek, 752 ta
xonadonga bahorgi ekinlar ekilib, 33 nafar fuqarolar doimiy ishga joylashtirilgan.
Bundan tashqari, 16 nafari kasb-hunarga o‘qitilgan, 40 nafari jamoat ishlariga
jalb etilib, 851 nafarining o‘zini-o‘zi band qilishiga, 43 nafarining
tadbirkorlik boshlashiga yordam ko‘rsatilgan.
 

Sektor hududidagi
1,2 kilometr tuproq yo‘llar shag‘allashtirilgani, 2 ta qabriston
obodonlashtirilib, 1,8 kilometr ariq-zovurlar tozalangani qayd etildi.
Shuningdek, 3 ta transformator o‘rnatilib, 82 ta temir-beton ustun
o‘rnatilgani, 1,7 kilometr kabel tortilgani, 125 kilometr tarmoq mukammal
ta’mirlangani aytildi.
 

Sessiyada xalq
qabulxonasiga
kelib tushgan murojaatlar
ijrosi tahlil qilindi. Bildirilishicha, birinchi yarim yillikda aholidan 3021
ta murojaat kelib tushgan. Shundan 2764 tasi ko‘rib chiqilgan, 41,1 foizi
ijobiy hal etilgan. Qolgan 1008 tasiga huquqiy tavsiya va maslahat berilgan.
Bundan tashqari, 19 tasi rad etilgan, 4 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 37 tasi
tugatilgan, 377 tasi takroriy va 257 tasi o‘rganishdagi murojaatlar
hisoblanadi.
 

Viloyat kengashiga
saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni
tavsiya etish to‘g‘risidagi masala ham atroflicha muhokama etildi. Tuman
kengashi kotibiyatining ichki mehnat tartib-qoidalari tasdiqlandi.
  

Slide 1 of 7