Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik va ijtimoiy tashabbus uyg‘unligi: "NODIRABEGIM" atelyesi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xavfsiz mahalla — osoyishta hayot: “Amu sohillari” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi
янв.21
"Amu sohillari" mahallasi faoliyati natijavor baholandi: Yoshlar va mahalla uchun yana bir qadam
янв.21
Kengash sessiyasi oldidan: Ochiqlik va mas’uliyat tamoyili asosida muhim masalalar tahlili
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
"Tinchlik" mahallasidagi faoliyat ijobiy baholandi: Asosiy maqsad — aholi farovonligi
янв.21
Mahalla tizimidagi islohotlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
Deputat M.Axmedova tomonidan “G'alchasoy” mahalla fuqarolar yig‘inida uchrashuv o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 8-“Qushchinor” saylov okrugigadan saylangan deputat M.Axmedova tomonidan “G'alchasoy” mahalla fuqarolar yig‘inida uchrashuv o‘tkazildi.

 Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot olib borilib, hududda mavjud muammolar, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolar muhokama qilindi. Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar o'rganilib, tegishli choralar ko'rildi.

Bulardan fuqaro Sh.Shonazarova o'g'li T.Aripovning davolanishi uchun moddiy yordam so'rab murojaat qildi, bemor shifoxonaga yunaktirildi. Fuqaro M.Nazarova qandli diabet tashxisi bilan nogironlikka chiqishga yordam so'rab murojaat qildi, bu bemorga vrach endakrinolog bilan maslaxatlashib shifoxonada to'lik tekshiruvdan o'tib, davolanish va mutaxassislar tomonidan nogironlikka chiqish masalasi ko'rib chikilishi tushintirildi. Fuqaro M.Axmedovaning nogiron o'g'li M.Axmedovga trenajyor so'rab murojaat qildi, xomiylar tomonidan yordam berishga kelishib olindi. Fuqaro M.Raxmatova tikuv mashinasi so'rab murojaat qildi, xokim yordamchisi bilan maslaxatlashib subsidiya berishga kelishib olindi. Fuqaro G.Rajapova tomonidan uylarini joriy tamirlash buyicha murojaat qilindi. Uylari joriy tamirlash rejasiga kritilganligi va reja asosida ta'mirlash ishlari olib borilishi borasida tushuntirib berildi. 

Bundan tashqari deputat M.Axmedova "Galchasoy" MFY axolisi tomonidan elektr simyog'ochlarni almashtirish borasida qilingan murojaati bo'yicha o'rganish ishlarini olib bordi. Masala buyicha deputatlik surovi kiritishga karor kilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3