Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi salomatligi — doimiy nazoratda
янв.21
Termiz shahrining "Abdurahmon Jomiy" mahallasi yettiligi faoliyati hamda investitsiya loyihalari o'rganildi
янв.21
"Oila va xotin-qizlar maskani" — oilaviy qadriyatlar va ayolga e'tibor markazi
янв.21
“Turon” mahallasida ko'p qavatli uylar atrofidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
“Turon” mahallasidagi mas’ullar faoliyati o‘rganildi
янв.21
12-may — Xalqaro hamshiralar kuni
янв.21
Termiz shahar Kengashi kotibiyatining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Kengash doimiy komissiyasining vakolatlari
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 12-15-may)
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 4-8-may kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
Deputat mahallada hamkorlik va murojaatlar holatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashiga “Saidlar” saylov okrugidan deputat N. Qurbonova mahallada “mahalla yettiligi” faoliyati hamda fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlar holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi boshchiligida hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, ijtimoiy xodim, soliq inspektori hamda uchastka inspektori tomonidan olib borilayotgan hamkorlikdagi ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi. Mazkur hamkorlik davlatimiz rahbari tashabbuslari asosida qabul qilingan farmon va qarorlar bilan mustahkamlangan bo‘lib, amalda ijobiy natijalar bermoqda.

Xususan, fuqarolar va mahalla yettiligi o‘rtasidagi samarali muloqot natijasida tuman ijro organlari, sud-huquq hamda prokuratura tashkilotlariga yo‘llanayotgan ariza va shikoyatlar sonining o‘tgan yillarga nisbatan kamaygani kuzatilmoqda.

Slide 1 of 1