Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Tinchlik" mahallasidagi faoliyat ijobiy baholandi: Asosiy maqsad — aholi farovonligi
янв.21
Mahalla tizimidagi islohotlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
"Guliston" mahallasida ijtimoiy himoya: Har bir muhtojga manzilli yordam
янв.21
Farhod mahallasidagi muammo deputat nazoratida
янв.21
"Kokildorota" mahallasida yanagi issiqxona qurilmoqda
янв.21
"Kokildorota" mahallasida I chorak sarhisobi: Ijtimoiy himoya va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Mahalladagi muammolarni joyida hal etish: Sayyor qabulda muammolar yechimini topdi
янв.21
Termiz shahridagi muammolar deputat nazoratida
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B. Kulbuldiyev tashabbusi bilan Ko‘ktepa mahallasida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasi qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

#Deputat_faoliyati 

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B. Kulbuldiyev tashabbusi bilan Ko‘ktepa mahallasida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasi qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyiha mahallada maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni sifatli ta’lim va tarbiya bilan qamrab olish hamda ota-onalar uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan bo‘lib, qurilish ishlari belgilangan reja asosida izchil davom etmoqda. 

Muassasa zamonaviy talablarga javob beradigan infratuzilma, bolalar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar hamda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun zarur jihozlar bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur maktabgacha ta’lim muassasasi ishga tushirilgach, unda 100 nafar bolalarga sifatli ta’lim-tarbiya berish yo‘lga qo‘yiladi. Shu bilan birga, loyiha doirasida 20 nafar mahalliy fuqarolarning doimiy ish bilan ta’minlanishi ham rejalashtirilgan bo‘lib, bu hududda bandlikni oshirish va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 4