Mazkur o‘rganishlar xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2026-yil 8-apreldagi VII-20-29-8-121-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda ijtimoiy himoya tizimini yanada kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi. Jarayon davomida mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadonlariga borilib, ular bilan yuzma-yuz muloqot qilindi.
💬 O‘rganish markazida quyidagi masalalar bo‘ldi:
🔅Fuqarolarning yashash sharoitlari va kundalik ehtiyojlari;
🔅Oilalarni qiynayotgan ijtimoiy-maishiy muammolar;
🔅Kengash qarori bilan belgilangan imtiyozlar va ijtimoiy yordamlarning manzilli yetib borish holati.
💬Aholining ko‘makka muhtoj qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolariga joyida yechim topish va davlatimiz tomonidan berilgan imtiyozlarning har bir xonadonga adolatli va manzilli yetib borishini ta’minlashdir.