Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Termiz shahridagi muammolar deputat nazoratida
янв.21
Obod mahalla — shahar ko‘rki: "Abdulla Avloniy" mahallasida bunyodkorlik ishlari qizg‘in olib borilmoqda
янв.21
Inson qadri uchun: "Yulduz" mahallasida ijtimoiy ko‘mak va amaliy natijalar tahlil qilindi
янв.21
"Shifokor" mahallasida ijtimoiy himoya va hamkorlik: Deputat nazorati amalda
янв.21
Kredit — daromad manbai: "Pattakesar" mahallasida imtiyozli kreditlar natijadorligi o‘rganildi
янв.21
Investitsiya va kelajak: 1-sonli maktabda yangi o‘quv binosi qurilmoqda
янв.21
Mahalla raisi faoliyati amalda ko‘zdan kechirildi: "Tuproqqo‘rg‘on"da hududiy o‘rganishlar
янв.21
"24-tavsiya" ijrosi nazoratda: "Tuproqqo‘rg‘on" mahallasida mas’ullar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Viloyat bolalar kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
deputat_vazifalaridan
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan 24-Do‘stlarobod saylov okrugi deputati Omonov Umar Shaxdarovich bilan birgalikda Turkibola mahallasi profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi.

#Kotibiyat_mudiri_faoliyati 

#24_ta_masala 

#Deputatlar_faoliyati 

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan 24-Do‘stlarobod saylov okrugi deputati Omonov Umar Shaxdarovich bilan birgalikda Turkibola mahallasi profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallada jami 12 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatilib, “Xavfsiz hudud” (qalqon) tizimiga integratsiya qilingani aniqlandi. Ushbu texnik vositalar hududda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va tezkor nazoratni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shuningdek, mahallada joriy davr mobaynida atigi 1 ta jinoyat holati qayd etilgani, profilaktika ishlari muntazam olib borilayotgani, aholi bilan tushuntirish ishlari yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.

O‘rganish yakunida profilaktika inspektoriga jinoyatchilikni yanada kamaytirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 2