Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik va ijtimoiy tashabbus uyg‘unligi: "NODIRABEGIM" atelyesi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xavfsiz mahalla — osoyishta hayot: “Amu sohillari” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi
янв.21
"Amu sohillari" mahallasi faoliyati natijavor baholandi: Yoshlar va mahalla uchun yana bir qadam
янв.21
Kengash sessiyasi oldidan: Ochiqlik va mas’uliyat tamoyili asosida muhim masalalar tahlili
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
"Tinchlik" mahallasidagi faoliyat ijobiy baholandi: Asosiy maqsad — aholi farovonligi
янв.21
Mahalla tizimidagi islohotlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
«Саховат – азалий кадрият»

 “Sahovat – azaliy qadriyat” 

  

Dunyoda inson
yashar ekan albatta u atrofidagilar bilan aloqa o‘rnatadi. Bu bog‘lanishsiz
inson jamiyatda yashay olmaydi. Shu sababdan insonlarning bir-birlariga hojati
tushadi. Kimlarningdir ma’naviy va iqtisodiy ko‘magi va yordamiga muhtoj
bo‘ladi.
 

Xalq deputatlari
Farg‘ona tuman Kengashi deputati Axrorbek Erkaboyev tashabbusi bilan Oqbilol
mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi mana shunday extiyojmand
oilaga homiylar qo‘llab-quvvatlashi orqali 3 xonali yangi uy-joy qurish
bo‘yicha boshlang‘ich rejalarni amalga oshirishga kirishdilar.
 

Ushbu ehtiyojmand
xonadonda yolg‘iz ona 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan birgalikda
istiqomat qiladi. Oila boquvchisi baxtsiz voqea sababli erta dunyodan
o‘tganligi sababli ona farzandlar tarbiyasi bilan shug‘ullanib kelmoqda.
 

Ikki nafar voyaga
yetmagan farzandlarni kelajakda boshqalardan kam bo‘lmay, yetuk shaxs
bo‘lishlari yo‘lida birlashgan sahovatpesha insonlarimiz ko‘payishini, insonlari
har doim bir-birlariga mehribon bo‘lib, qo‘llab-quvvatlashlarini tilab,
o‘zbegimning oqibatiga ko‘z tegmasin deymiz
  

Slide 1 of 3