#Sessiyadan
Payariq tumanida 2026-yilda 108,0 mln dollar xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan.
Shundan 1-chorak bo‘yicha belgilangan 21,0 mln dollar rejaга nisbatan amalda 38,6 mln dollar o‘zlashtirildi hamda reja 180 foizga bajarilgan.
2026-yil yakuniga qadar hududiy investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 98,6 mln dollar bo‘lgan 40 ta loyiha amalga oshirilib, 1 063 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida umumiy qiymati 1,5 mln dollarlik 6 ta loyiha foydalanishga topshirilib, 27 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)