Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Guliston" mahallasida ijtimoiy himoya: Har bir muhtojga manzilli yordam
янв.21
Farhod mahallasidagi muammo deputat nazoratida
янв.21
"Kokildorota" mahallasida yanagi issiqxona qurilmoqda
янв.21
"Kokildorota" mahallasida I chorak sarhisobi: Ijtimoiy himoya va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Mahalladagi muammolarni joyida hal etish: Sayyor qabulda muammolar yechimini topdi
янв.21
Termiz shahridagi muammolar deputat nazoratida
янв.21
Obod mahalla — shahar ko‘rki: "Abdulla Avloniy" mahallasida bunyodkorlik ishlari qizg‘in olib borilmoqda
янв.21
Inson qadri uchun: "Yulduz" mahallasida ijtimoiy ko‘mak va amaliy natijalar tahlil qilindi
янв.21
"Shifokor" mahallasida ijtimoiy himoya va hamkorlik: Deputat nazorati amalda
янв.21
Kredit — daromad manbai: "Pattakesar" mahallasida imtiyozli kreditlar natijadorligi o‘rganildi
Uchtepa tumanida Axborot-kutubxona markazida monitoring ishlari olib borildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining “7-Beshqayrag‘och” saylov okrugi deputati Xaydarova Ziyoda Tolipovna tashabbusi bilan hududdagi madaniyat muassasalari faoliyatini o‘rganish doirasida Uchtepa tumani Axborot-kutubxona markazida monitoring ishlari olib borildi. Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishidan biri — hududdagi muzeylar, kutubxonalar va boshqa madaniyat maskanlari holatini tahlil qilishga qaratildi.

 ✅ O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva ham ishtirok etdi.

 🗂 O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, markaz fondida bugungi kunda 56 mingdan ortiq kitob mavjud bo‘lib, muassasada 20 ga yaqin xodim faoliyat yuritmoqda. Kutubxona aholiga xizmat ko‘rsatish, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish borasida muhim o‘rin tutmoqda.

 📁 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son qarori — “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjat asosida markazda tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgani kuzatildi. Mazkur qaror doirasida “Kitob — ma’rifat manbai” dasturi, Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyati hamda uning tashkiliy mexanizmlari amalda joriy etilgan.

 🔼 Bundan tashqari, Oliy Majlis huzuridagi Parlament komissiyasining 2022-yil 22-avgustdagi 23-son qaroriga muvofiq ajratilgan davlat ijtimoiy buyurtmalari asosida kutubxonaga yangi kitob javonlari va zamonaviy monoblok kompyuterlar olib berilgani ham muhim yangiliklardan biri bo‘ldi. Bu esa markazning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

 📇 Madaniy-ma’rifiy tadbirlar ham muntazam tashkil etilmoqda. Jumladan, 81-IDUM o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazilgan badiiy kechada taniqli shoirlar Abdulla Oripov va Muhammad Yusuf ijodidan she’rlar yod olingani kitobxonlik muhitini yanada jonlantirishga xizmat qilgan.

 📝 O‘rganishlar yakunida mavjud holatni yanada yaxshilash, kitobxonlikni rivojlantirish va aholining axborotga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish maqsadida tegishli masalalar yuzasidan deputatlik so‘rovi kiritilishi belgilandi.

Slide 1 of 8