Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik va ijtimoiy tashabbus uyg‘unligi: "NODIRABEGIM" atelyesi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xavfsiz mahalla — osoyishta hayot: “Amu sohillari” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi
янв.21
"Amu sohillari" mahallasi faoliyati natijavor baholandi: Yoshlar va mahalla uchun yana bir qadam
янв.21
Kengash sessiyasi oldidan: Ochiqlik va mas’uliyat tamoyili asosida muhim masalalar tahlili
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
"Tinchlik" mahallasidagi faoliyat ijobiy baholandi: Asosiy maqsad — aholi farovonligi
янв.21
Mahalla tizimidagi islohotlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 Xalq
deputatlari Andijon shahar Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi
kurash bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
 

Yig‘ilishda Kengash kotibiyati mudiri R.Ziyayev, Mahalliy budjet masalalari bo‘yicha doimiy
komissiya raisi I.Mitillaev, shahar adliya bo‘limi boshlig‘i A.Raupov, shahar prokurori
o‘rinbosari D.Obidov, shahar IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari U.Ismoilov, 4 ta IIB
bo‘limi boshliqlari, shahardagi xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi J.Yuldashevlar
ishtirok etdi.
 

Doimiy komissiya yig‘ilishi kun tаrtibida: 

- Andijon shahar adliya bo‘limi tomonidan 2024 yil 2-choragi davomida amalga oshirilgan
ishlar yuzasidan axborot;
 

- 2024 yilning 6 oyida Andijon shahrida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, fuqarolar va jamoat havfsizligini ta’minlash borasidagi amalga oshirilgan tadbirlar to‘g‘risida hisobot; 

- Andijon shahar prokurorining 2-sektor hududida amalga oshirilgan ishlar hamda qonuniylik va jinoyatchilikka qarshi kurashning ahvoli yuzasidan hisobot; 

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Andijon shahridagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2024 yilning 1-yarmida davlat organlari va tashkilotlarida murojaatlar bilan ishlash, mahallabay ishni tashkil etilishi
hamda sektorlar faoliyatini o‘rganish natijalari yuzasidan axborot ko‘rib chiqildi.
 

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan masu’llarning axborot va hisbotlari eshitilib, 2024 yilning 6 oyida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. 

   

Slide 1 of 8