Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Senat qarori ijrosi nazoratda: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Ta’lim, mutolaa va sport: Akademik litseydagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
"Saxovat" mahallasida tahliliy o‘rganish: Mahalla raisi faoliyati va natijadorlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ta’lim tizimining ustuvor vazifasi
янв.21
Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani: 26-sonli maktabdagi o‘rganishlar
янв.21
Termiz shahar Kengashida budjet mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
"Surxon tongi" gazetasining 2026-yil 29-apreldagi 17-sonida:
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Murojaat natijasida: "Alpomish" mahallasida oqova quvurlari muammosi hal etilmoqda
янв.21
Ko‘p kvartirali uylar holati deputat nazoratida
Maktab va maktabgacha ta'lim bo'limida Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda deputat so‘rovlariga berilayotgan javoblar bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

Maktab va maktabgacha ta'lim bo'limida Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda deputat so‘rovlariga berilayotgan javoblar bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolar va yuridik shaxslar murojaatlarini qabul qilish, ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish va belgilangan muddatlarda javob berish tizimi tahlil qilindi. Shuningdek, murojaatlar bilan ishlashda ochiqlik, shaffoflik va qonunchilik talablariga rioya etilish darajasi o‘rganildi.

Deputat so‘rovlariga berilayotgan javoblarning to‘liqligi, asoslanganligi hamda amaliy natijadorligi yuzasidan ham alohida e’tibor qaratildi. Ayrim holatlarda javoblarning yuzaki berilayotgani yoki masalalarning to‘liq hal etilmayotgani tanqidiy ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunida murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, deputat so‘rovlariga sifatli va o‘z vaqtida javob berishni ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Anqilangan kamchiliklar hafta yakuni bilan xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi muhokamasiga kiritilishi ta'kidlandi 

✅ O'rganish ishlari davom etmoqda

Slide 1 of 2