Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash sessiyasi oldidan: Ochiqlik va mas’uliyat tamoyili asosida muhim masalalar tahlili
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
"Tinchlik" mahallasidagi faoliyat ijobiy baholandi: Asosiy maqsad — aholi farovonligi
янв.21
Mahalla tizimidagi islohotlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
Mahalla — islohotlar ko‘zgusi: "Eskishahar" mahallasida boshqaruv tizimi tahlil qilindi
янв.21
“Temiryo‘lchi” mahallasida gaz ballonlar muammosi hal etilmoqda
янв.21
"Guliston" mahallasida ijtimoiy himoya: Har bir muhtojga manzilli yordam
янв.21
Farhod mahallasidagi muammo deputat nazoratida
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.G‘oziyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev va G.Abduvositovalar tomonidan Oq-tom mahallasida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.G‘oziyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev va G.Abduvositovalar tomonidan Oq-tom mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi. Tashrif doirasida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, ayniqsa infratuzilmani rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Mutasaddilar mahallada yo‘llar holati, aholiga xizmat ko‘rsatish obyektlarini joylashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, yo‘l bo‘ylarida tadbirkorlar tomonidan do‘kon va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari qurish uchun ajratilgan yer maydonlarida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi. Loyihalarning sifatli va belgilangan talablar asosida bajarilishi, aholiga qulay sharoit yaratishga qaratilganligi alohida e’tiborga olindi. Shu bilan birga, qurilish jarayonida yuzaga kelayotgan ayrim texnik masalalar ham joyida hal etish choralari ko‘rilmoqda. Jumladan, do‘kon qurilishi uchun mo‘ljallangan hududdan o‘tuvchi katta hajmdagi gaz quvurini boshqa yo‘nalishga ko‘chirish masalasi mutasaddilar tomonidan o‘rganildi. Ushbu masala yuzasidan viloyat gaz ta’minoti korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilayotgani, quvurni xavfsiz va maqbul tarzda boshqa yo‘nalishga o‘tkazish bo‘yicha ijobiy natijalarga erishilayotgani ta’kidlandi. Tashrif yakunida mas’ullarga mahalladagi infratuzilmani yanada yaxshilash, tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Bu kabi
o‘rganishlar hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish hamda mahallalarni obod va zamonaviy qiyofaga keltirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
 

Slide 1 of 6