Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik va ijtimoiy tashabbus uyg‘unligi: "NODIRABEGIM" atelyesi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xavfsiz mahalla — osoyishta hayot: “Amu sohillari” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi
янв.21
"Amu sohillari" mahallasi faoliyati natijavor baholandi: Yoshlar va mahalla uchun yana bir qadam
янв.21
Kengash sessiyasi oldidan: Ochiqlik va mas’uliyat tamoyili asosida muhim masalalar tahlili
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
"Tinchlik" mahallasidagi faoliyat ijobiy baholandi: Asosiy maqsad — aholi farovonligi
янв.21
Mahalla tizimidagi islohotlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
Kengash_faoliyati

DEPUTAT NAZORATI: MAHALLALARDAGI ISLOHOTLAR SAMARADORLIGI KO‘RIKDAN O‘TKAZILDI

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri — joylarda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlarni tizimli nazorat qilishdir. Shu maqsadda, tumandagi “Gulbog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov ishtirok etib, hokim yordamchisining faoliyatini quyidagi mezonlar asosida tahlil qildi:

Kambag‘allikni qisqartirish: Ehtiyojmand oilalar bilan ishlash tizimi;

Bandlikni ta’minlash: Ishsiz fuqarolarni daromad manbaiga ega qilish;

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash: Aholiga subsidiya va imtiyozli kreditlar ajratilishining shaffofligi.

O‘rganish davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar berildi. Bu kabi nazorat tadbirlari hududda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning natijadorligini oshirish va aholi turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi.

Mazkur nazorati tadbirlari hududlarda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samaradorligini oshirish, aholining turmush darajasini yaxshilash hamda tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3