Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#hafta dayjesti Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 8-13-iyun kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Shu maqsadda, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati A.Karimov tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlar uchun “Mustaqillik soati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.   Interaktiv tarzda o‘tgan ochiq muloqotda o‘quvchilarga mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi bunyodkorlik ishlari haqida batafsil so‘z yuritildi. Xususan, zamonaviy multimedia vositalari orqali yurtimizdagi ulug‘vor loyihalar, jumladan, Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati haqida taqdimot namoyish etildi. “Mustaqillik soati” doirasida quyidagi muhim jihatlarga alohida e’tibor qaratildi: • O‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish; • Yoshlarni kelgusi o‘quv yiliga hamda yangi ta’lim bosqichlariga puxta va motivatsiya bilan tayyorlash; • Yurtimizda yosh avlod uchun yaratilayotgan zamonaviy imkoniyatlar va ta’lim tizimidagi islohotlar mohiyatini yetkazish.   Samimiy va qizg‘in ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga deputatdan batafsil javoblar oldilar.
янв.21
“Dolzarb 90 kun” loyihasi: Deputat ishtirokida “Mustaqillik soati” tashkil etildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputatlar va “Madad” NNT hamkorligida tahlil qilindi
янв.21
PQ-48 ijrosi nazoratda: "Manguzar" mahallasidagi ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi   Termiz shahrida aholi yashash sharoitlarini yaxshilash, ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish deputatlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
янв.21
“Farhod” mahallasidagi muammo joyida o‘rganildi: deputat so‘rovi ijrosi nazoratda” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-son qarori ijrosini ta’minlash hamda aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni joyida hal etish maqsadida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati Dilbar Normurodova tomonidan “Farhod” mahallasidagi chiqindi konteynerlari joylashuvi yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi.
янв.21
Obodlik — har bir xonadonda: "jo‘yjangal" mahallasidagi ta’mirlash ishlari yakuniy bosqichda
янв.21
Obod xonadon — munosib hayot mezoni: "Jo‘yjangal" mahallasida navbatdagi o‘rganishlar
янв.21
Qaror ijrosi amalda: "Jo‘yjangal" mahallasida navbatdagi xonadonni ta’mirlash ishlari boshlanish arafasida!
янв.21
Qaror ijrosi amalda: “Jo‘yjangal” mahallasidagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
MIROBOD TUMANIDA POYTAXTDAGI IKKINCHI GASTRONOMIK KO‘CHANI TASHKIL ETISH BO‘YICHA ISHLAR BOSHLANISH ARAFASIDA
Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasini gastronomik ko‘chaga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari boshlanadi. Ushbu munosabat bilan bugun, tuman hokimi Anvar Sayfutdinov tuman Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputatlar va T.Shevchenko ko‘chasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Hokim uchrashuv avvalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 395-sonli qaroriga asosan poytaxt ko‘chalarida jozibador va serqatnov turizm hamda xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yaratish maqsadida 24/7 rejimda ishlovchi ko‘ngilochar ko‘cha tashkil etish belgilanganligi haqida gapirdi.
Ushbu turistik ko‘chaning ishga tushirilishi tadbirkorlarning daromad manbaini oshishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Tadbirkorlar turistik ko‘cha loyihasi bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. 15-iyuldan boshlanadigan bunyodkorlik ishlari davomida Taras Shevchenko ko‘chasida yoritish ustunlarini o‘rnatish, o‘rindiqlar va chiqindi urnalarini o‘rnatish, daraxt ko‘chatlari o‘tqazish, sug‘orish tizimlarini o‘rnatish, audio musiqa tizimini tashkil etish, dekorativ arka va ustunlar o‘rnatish, fotozonalar uchun dekorativ elementlar tashkil etish, piyodalar yo‘laklari, velo-yo‘laklar va zamonaviy o‘rindiqlar tashkil etish, bolalar o‘yingohi va ko‘rgazmali sahna o‘rnatish kabi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Slide 1 of 9