Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ta’lim tizimining ustuvor vazifasi
янв.21
Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani: 26-sonli maktabdagi o‘rganishlar
янв.21
Termiz shahar Kengashida budjet mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
"Surxon tongi" gazetasining 2026-yil 29-apreldagi 17-sonida:
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Ko‘p kvartirali uylar holati deputat nazoratida
янв.21
Deputat nazorati: “Abdulla Avloniy” mahallasidagi bog‘cha faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi manzil — 11-sonli maktab kutubxonasi
янв.21
Kitob — ma’naviyat ko‘zgusi: 9-sonli maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Inson qadri uchun: "Abdulla Avloniy" mahallasida ijtimoiy himoya masalalari doimiy diqqat markazida
Deputat so‘rovi yuborildi

Aholining dolzarb muammolarini o‘rganish va ularni ijobiy hal etish maqsadida Novchandir mahallasida ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq mavjud holat yuzasidan deputat so‘rovi tegishli tashkilotlarga yuborildi.

Mazkur so‘rovda mahallada ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash, suv ta’minoti infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholini uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish masalalari ko‘tarilgan.

Deputat so‘rovida quyidagilar nazarda tutilgan:

— mahallada suv bashnyasi qurish imkoniyatlarini o‘rganish;

— loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va moliyalashtirish manbalarini aniqlash;

— qisqa muddatlarda aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish;

— ko‘rilgan choralar yuzasidan yozma axborot taqdim etish.

Mazkur so‘rov ijrosi nazoratga olinadi.

Slide 1 of 1