Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Navro‘z" mahallasida tahliliy o‘rganish: Mas’ullar faoliyati va natijadorlik o‘rganildi
янв.21
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali — Termiz shahar qo‘rg‘oni!
янв.21
Senat qarori ijrosi nazoratda: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Ta’lim, mutolaa va sport: Akademik litseydagi sharoitlar o‘rganildi
янв.21
"Saxovat" mahallasida tahliliy o‘rganish: Mahalla raisi faoliyati va natijadorlik ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari uchun seminar o‘tkazildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ta’lim tizimining ustuvor vazifasi
янв.21
Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani: 26-sonli maktabdagi o‘rganishlar
янв.21
Termiz shahar Kengashida budjet mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
"Surxon tongi" gazetasining 2026-yil 29-apreldagi 17-sonida:
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi!

Sessiyada shahar hayoti va rivoji uchun muhim bo‘lgan qator masalalar muhokama qilindi.

Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:

1-masala, Mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi yuzasidan shahar Soliq inspeksiyasi rahbari D.Inatovaning hisoboti to‘g‘risida;

2-masala, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Oliy Majlisiga yo‘llagan murojaatnomadagi 5-yo‘nalishi, “Ekologik muvozanatni ta’minlash” borasida va 2025-yil 21-apreldagi PF-71-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i S.Xudoyberdiyevning hisoboti to‘g‘risida;

3-masala, Shirin shahrida ijtimoiy reyestrdagi I guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan oilalar xonadonlari ta’mirlash orqali energiya samaradorligini oshirish ijtimoiy loyihasini moliyalashtirish ro‘yxatini ma’qullash to‘g‘risida;

4-masala, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari tomonidan 2026-yil 1-chorak davomida yuborilgan “Deputat so‘rov”lari ijrosi to‘g‘risida. 

5-masala. Shahar mahalliy budjetining 2026-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida

Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 9