Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ta’lim tizimining ustuvor vazifasi
янв.21
Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani: 26-sonli maktabdagi o‘rganishlar
янв.21
Termiz shahar Kengashida budjet mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
"Surxon tongi" gazetasining 2026-yil 29-apreldagi 17-sonida:
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Ko‘p kvartirali uylar holati deputat nazoratida
янв.21
Deputat nazorati: “Abdulla Avloniy” mahallasidagi bog‘cha faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi manzil — 11-sonli maktab kutubxonasi
янв.21
Kitob — ma’naviyat ko‘zgusi: 9-sonli maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Inson qadri uchun: "Abdulla Avloniy" mahallasida ijtimoiy himoya masalalari doimiy diqqat markazida
Olmazor tumani Ahil MFYda I chorak yakunlari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi

Olmazor tumani Ahil MFYda I chorak yakunlari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati A. Xasanov, XDP partiyasi Olmazor tuman Kengashi raisi X. Xamidov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U. Shopotixovlar ishtirokida Ahil mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan uchrashuv tashkil etildi.

 Uchrashuv davomida mahalla aholisi uchun 2026-yil I chorak yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, hududdagi mavjud holat hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil axborot berildi.

 Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan bir qator muhim masalalar ko‘tarildi. Jumladan:

▪️ hududga yangi transformator punkti (TP) o‘rnatish

▪️ ichki yo‘llarni asfaltlashtirish

▪️ mahallada zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasi (bog‘cha) qurish

 Bildirilgan murojaatlar tegishli tartibda o‘rganish uchun nazoratga olinib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich hal etish choralari belgilandi.

 Bunday ochiq muloqotlar hududdagi muammolarni aniqlash va ularni tizimli hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 7