Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI: YOSHLAR SIYOSATI IJROSI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARIDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARIDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“NAVRO‘Z” MAHALLASIDA “MAHALLABAY” ISHLASH TIZIMI O‘RGANILDI: QONUNLAR IJROSI VA MAS’ULLAR FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
MAHALLA FAOLIYATI VA DEPUTATLIK FAOLIYATI TAHLIL QILINDI
янв.21
DEPUTAT MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
“24 TA ENG MUHIM YO‘NALISH” DOIRASIDA MAHALLA FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi tartib tasdiqlandi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“DOLZARB 90 KUN” TADBIRLARI IJROSI JOYIDA O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi raisi Fazliddin Ruziyev tashabbusi bilan, "Oilaviy ajrimlarni oldini olish" bo‘yicha muhokama o‘tkazildi.

Ishtixon tumani hokimligi binosida Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi raisi Fazliddin Ruziyev tashabbusi bilan, "Oilaviy ajrimlarni oldini olish" bo‘yicha muhokama o‘tkazildi.

Muhokamada tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Feruza Chinorova,  tuman Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon sudining sudyasi Iskandarov Bekzod, tumanlararo Iqtisodiy sud raisi Yuldoshev Fazliddin, Jinoyat ishlar bo‘yicha Ishtixon tumani sud raisi Pansatov Kamoliddin va boshqalar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Kengashi raisi Fazliddin Ruziyev oilaviy ajrimlarning kelib chiqish sabablari, oilalardagi notinchlik, qaysi mahallarda qanday sabablarga ko‘ra oilalar ajrimlarga sabab bo‘lmoqda, bunday masalalar jamiyatimizga qanday oqibatlarni olib keladi.

Oilaviy ajrimlar bugung kunda dolzarb muammo, jamiyatimizning og‘riqli nuqtasiga aylanib ulgurdi. Yurtimizda jar yoqasiga kelib qolgan oilalarni asrab qolishga, bolalarni tirik yetim, onalarni tul qilmaslikka jiddiy e'tibor qaratilayapti.

Oiladagi ajrimlarni oldini olishda asosan, yoshlarni oila ilmiga o‘rgatish maqsadga muvofiq. Ularda oila muqaddas qo‘rg‘on ekanligi to‘g‘risidagi targ‘ibot tushuntirish ishlarini butunlay yangi bosqichda, noodatiy usul va yondashuvlar asosida olib borish kerakligi haqida so‘z yuritdi.

Slide 1 of 5