Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Tinchlik" mahallasidagi faoliyat ijobiy baholandi: Asosiy maqsad — aholi farovonligi
янв.21
Mahalla tizimidagi islohotlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
"Guliston" mahallasida ijtimoiy himoya: Har bir muhtojga manzilli yordam
янв.21
Farhod mahallasidagi muammo deputat nazoratida
янв.21
"Kokildorota" mahallasida yanagi issiqxona qurilmoqda
янв.21
"Kokildorota" mahallasida I chorak sarhisobi: Ijtimoiy himoya va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Mahalladagi muammolarni joyida hal etish: Sayyor qabulda muammolar yechimini topdi
янв.21
Termiz shahridagi muammolar deputat nazoratida
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati D.Raxmatullayev hamda kotibiyat bosh mutahassisi U.Shopotixovlar tomonidan o‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklarida joylashgan elektr energiyasini hisobga olish uskunalarining sozligi, avtomatik himoya vositalarining mavjudligi, elektr simlarining tartibli joylashtirilganligi, yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi hamda foydalanish jarayonidagi muammolar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Monitoring natijalariga ko‘ra ayrim bosh taqsimlash shkaflarining tashqi qoplamalari eskirgani, ichki qismlarida namlik va chang ta’siri mavjudligi, elektr simlarining tartibsiz joylashgani hamda ayrim himoya avtomatlari va hisobga olish uskunalarini yangilash zarurligi aniqlandi. Mazkur holatlar elektr energiyasidan foydalanish xavfsizligi hamda barqarorligini ta’minlash nuqtayi nazaridan muhim e’tibor talab etadi.

Shu bilan birga, ayrim kirish yo‘laklarida bosh taqsimlash shkaflari zamonaviy talablarga mos ravishda tartibga keltirilgani, elektr hisoblagichlar yangilangani, himoya avtomatlari o‘rnatilgani hamda elektr simlari texnik me’yorlarga muvofiq ravishda qayta joylashtirilgani kuzatildi. Bu esa hududda elektr ta’minoti tizimini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish ishlari olib borilayotganini ko‘rsatadi.

O‘rganish davomida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, bosh taqsimlash shkaflarini bosqichma-bosqich ta’mirlash va yangilash, elektr xavfsizligini ta’minlash choralarini kuchaytirish hamda mas’ul xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda tizimli ishlarni tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda elektr ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash masalasi deputat tomonidan alohida nazoratga olindi.

Slide 1 of 7