⏺Uchrashuv davomida aholini eng ko‘p qiynayotgan masala — ma’nan eskirgan elektr ustunlarini yangisiga almashtirish bo‘yicha murojaatlar tinglandi. Fuqarolar simyog‘ochlarning yaroqsiz holatga kelib qolgani, bu esa xavfsizlikka tahdid solayotgani hamda elektr ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘layotganini bildirishdi.
💬Murojaatchilarning bir qismiga amaldagi qonunchilik va davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
🫥Yechimi vaqt va mablag‘ talab etadigan, zudlik bilan bartaraf etilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha shahar Elektr tarmoqlari korxonasiga (ETK) deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilab olindi.
📌Mazkur masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–402-son qarori bilan belgilangan hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish, jumladan elektr ta’minoti tizimlarini yangilash va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni yaxshilash vazifalari doirasida ham alohida nazoratga olinadi.