Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi muammolarni joyida hal etish: Sayyor qabulda muammolar yechimini topdi
янв.21
Termiz shahridagi muammolar deputat nazoratida
янв.21
Obod mahalla — shahar ko‘rki: "Abdulla Avloniy" mahallasida bunyodkorlik ishlari qizg‘in olib borilmoqda
янв.21
Inson qadri uchun: "Yulduz" mahallasida ijtimoiy ko‘mak va amaliy natijalar tahlil qilindi
янв.21
"Shifokor" mahallasida ijtimoiy himoya va hamkorlik: Deputat nazorati amalda
янв.21
Kredit — daromad manbai: "Pattakesar" mahallasida imtiyozli kreditlar natijadorligi o‘rganildi
янв.21
Investitsiya va kelajak: 1-sonli maktabda yangi o‘quv binosi qurilmoqda
янв.21
Mahalla raisi faoliyati amalda ko‘zdan kechirildi: "Tuproqqo‘rg‘on"da hududiy o‘rganishlar
янв.21
"24-tavsiya" ijrosi nazoratda: "Tuproqqo‘rg‘on" mahallasida mas’ullar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Viloyat bolalar kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
Namangan shahrida elektrobuslar loyihasi amalga oshiriladi

Namangan shahrida elektrobuslar loyihasi amalga oshiriladi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi “Namangan shahar jamoat transporti uchun elektrobuslar xarid qilish va ular bilan bevosita bog‘liq infratuzilmani yaratish” loyihasi konsepsiyasi ma’qullandi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-fevraldagi PQ-51-son qaroriga muvofiq amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, loyiha konsepsiyasi Namangan viloyati transport boshqarmasi tomonidan taqdim etildi hamda xalqaro konsulting kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Loyiha doirasida Namangan shahri jamoat transporti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida 105 dona zamonaviy elektrobus xarid qilinishi hamda ular uchun zarur bo‘lgan infratuzilma — zaryadlash stansiyalari, texnik xizmat ko‘rsatish obyektlari va boshqa zarur tizimlar bosqichma-bosqich tashkil etilishi belgilangan.

Elektrobuslar harakati uchun yo‘nalishlar Namangan shahar yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish Bosh rejasi asosida belgilanadi. Shuningdek, tegishli tashkilotlarga loyiha doirasidagi qurilish, yo‘l infratuzilmasi, yo‘l harakati xavfsizligi, kommunikatsiya va obodonlashtirish tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirish vazifalari yuklatildi.

Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida:

shahar jamoat transporti sifati oshadi;

ekologik toza transport tizimi rivojlanadi;

yo‘lovchilarga qulayliklar yaratiladi;

shahar transport tizimi zamonaviy bosqichga olib chiqiladi.

Qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyasi hamda shahar hokimining tegishli o‘rinbosari zimmasiga yuklatildi.

Slide 1 of 1