Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi
янв.21
Tadbirkorlik va ijtimoiy tashabbus uyg‘unligi: "NODIRABEGIM" atelyesi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xavfsiz mahalla — osoyishta hayot: “Amu sohillari” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi
янв.21
"Amu sohillari" mahallasi faoliyati natijavor baholandi: Yoshlar va mahalla uchun yana bir qadam
янв.21
Kengash sessiyasi oldidan: Ochiqlik va mas’uliyat tamoyili asosida muhim masalalar tahlili
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
"Tinchlik" mahallasidagi faoliyat ijobiy baholandi: Asosiy maqsad — aholi farovonligi
янв.21
Mahalla tizimidagi islohotlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
Deputat Baxtiyor Sultonov fuqarolar bilan uchrashdi

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahalladagi mavjud muammolarni bevosita aholi bilan birgalikda o‘rganish, ularning taklif va tashabbuslarini eshitish hamda yechimlar ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida quyidagi muhim yo‘nalishlar atroflicha muhokama qilindi:

 Yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligini ta’minlash va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish

 Aholiga o‘z vaqtida, sifatli va uzluksiz tibbiy xizmat ko‘rsatish holati 

 Mahalladagi sport inshootlari, maktablar, kollej va akademik litseylar sport zallari hamda ulardagi jihozlar holati 

 Hokim yordamchilari tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar

 Ijtimoiy xodimlar faoliyati, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, nafaqa va moddiy yordamlarning adolatli taqsimlanishi

 Xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, ayollar bandligi va ijtimoiy faolligini oshirish masalalari

 Soliq inspektori tomonidan yuklatilgan vazifalarning bajarilishi va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash

 Mahalla ichki yo‘llarining holati, ularni ta’mirlash, ko‘chalarni tungi yoritish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan choralar 

 Aholini bepul dori vositalari bilan ta’minlash tizimi 

 Bozorlardagi eng zarur iste’mol mahsulotlari narx-navosi va ularning yetarliligi 

   Muloqot davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalarni ochiq bayon etib, taklif va mulohazalarini bildirishdi. Har bir murojaat deputat tomonidan alohida nazoratga olinib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralarini ko‘rish belgilandi.

 Shuningdek, uchrashuv jarayonida mavjud muammolarni tizimli hal etish, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda aholining turmush darajasini oshirishga qaratilgan aniq reja va vazifalar belgilab olindi.

 Bunday ochiq muloqotlar aholi va deputat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlab, muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

 Bog‘ichinor MFYda olib borilayotgan bu kabi uchrashuvlar hudud rivoji va aholining farovon hayotini ta’minlash yo‘lida muhim qadamdir!

Slide 1 of 2