Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi salomatligi — doimiy nazoratda
янв.21
Termiz shahrining "Abdurahmon Jomiy" mahallasi yettiligi faoliyati hamda investitsiya loyihalari o'rganildi
янв.21
"Oila va xotin-qizlar maskani" — oilaviy qadriyatlar va ayolga e'tibor markazi
янв.21
“Turon” mahallasida ko'p qavatli uylar atrofidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
“Turon” mahallasidagi mas’ullar faoliyati o‘rganildi
янв.21
12-may — Xalqaro hamshiralar kuni
янв.21
Termiz shahar Kengashi kotibiyatining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Kengash doimiy komissiyasining vakolatlari
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 12-15-may)
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 4-8-may kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
Deputat tomonidan elektr ta’minoti holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 12-Sharq yulduzi saylov okrugidan saylangan deputat M.Isroilova tomonidan Sharq yulduzi mahallasi hududida elektr energiyasi ta’minoti holati o‘rganildi.

️O‘rganish jarayonida Zargarlik ko‘chasida joylashgan transformatorning ochiq holatda ekani hamda ayrim texnik qismlari ta’mirtalab ahvolda ekanligi aniqlandi.

Shuningdek, Saodat ko‘chasida elektr tarmog‘i ustunidagi kabellar uzilganligi, hamda bitta xonadonga elektr tarmog‘i yog‘och ustun orqali tortilgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur yog‘och ustun yaroqsiz holatga kelgani bois, ushbu hududda beton tayanch ustun o‘rnatish zarurligi qayd etildi.

Aniqlangan kamchiliklar fuqarolar xavfsizligi va barqaror elektr ta’minotiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini inobatga olib, muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborish belgilandi.

Mazkur masala deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4