Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq bilan muloqot – muammolarga yechim topishning asosiy mezoni!
янв.21
Qonun ijrosi amalda: har bir daraxt nazoratda!
янв.21
Mahalla infratuzilmasi va xizmat ko‘rsatish sifati e’tiborda
янв.21
Mahalla tizimi: yoshlar bilan ishlash va ijtimoiy himoya — e’tiborda
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 13-17-aprel)
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 6-11-aprel kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
MADANIYAT VA MA’NAVIYAT — QONUN HIMOYASIDA
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR
янв.21
Deputat Kengashning sessiyalarida, shuningdek o'zi tarkibida bo'lgan doimiy komissiya va siyosiy partiya guruhining majlislarida ishtirok etishi shart.
янв.21
Aholi bilan muloqot tizimi samarali tashkil qilinadi
Deputat so'rovi

Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashi deputati Navruz Alimov tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

 Deputatlik so‘rovi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasi talablariga muvofiq tarzda tayyorlanib, Qibray tumani hokimi M.A. Rashidov nomiga yo‘naltirildi.

Deputat so'rovida, Qipchoq mahallasiga oilaviy shifokor punkti uzoqda joylashganligini inobatga olib, hududda joylashgan binoda uzoq yillar davomida tuman markaziy shifoxonasidan biriktirilgan xodimlar tomonidan aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Biroq mazkur bino bo‘yicha kadastr hujjatlarining mavjud emasligi sababli uning huquqiy maqomi to‘liq rasmiylashtirilmagan.Ushbu foydalanib kelinayotgan binoni belgilangan tartibda Qipchoq mahalla fuqarolar yig‘ini balansiga qabul qilish va bino va yer maydoni bo‘yicha kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish yuzasidan mas’ul tashkilotlar ishtirokida aniq chora-tadbirlar belgilash choralarini ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur deputatlik so‘rovi mahalla tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarga qulay ijtimoiy muhit yaratish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarning yana bir muhim bosqichi sifatida e’tirof etiladi.

Slide 1 of 1