Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ta’lim tizimining ustuvor vazifasi
янв.21
Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani: 26-sonli maktabdagi o‘rganishlar
янв.21
"Surxon tongi" gazetasining 2026-yil 29-apreldagi 17-sonida:
янв.21
Termiz shahar Kengashida budjet mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Ko‘p kvartirali uylar holati deputat nazoratida
янв.21
Deputat nazorati: “Abdulla Avloniy” mahallasidagi bog‘cha faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi manzil — 11-sonli maktab kutubxonasi
янв.21
Kitob — ma’naviyat ko‘zgusi: 9-sonli maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Inson qadri uchun: "Abdulla Avloniy" mahallasida ijtimoiy himoya masalalari doimiy diqqat markazida
O‘zLiDeP partiyasining “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

 Tadbir davomida dasturning mazmun-mohiyati, asosiy yo‘nalishlari hamda uni amalga oshirish mexanizmlari atroflicha muhokama qilindi. Ayniqsa, aholi bilan manzilli ishlash, xonadonlarga kirib borish orqali muammolarni joyida o‘rganish va ularga amaliy yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📝Shuningdek, dastur doirasida aholining ijtimoiy holatini yaxshilash, muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

📁 Tadbirda O‘zLiDeP faoli, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, tuman Kengashi deputati Ra’no Shodiyeva spiker sifatida ishtirok etib, quyidagilarni ta’kidladi:

🗣 “Bugungi kunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ochiqlik, aholi murojaatlari bilan ishlash va muammolarni hal etish borasida sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Shu bilan birga, xalqimiz partiya va deputatlardan yanada katta mas’uliyat va aniq natijalarni kutmoqda.

Yurtimizda yashash sharoitlari tobora yaxshilanmoqda, ko‘plab muammolar bosqichma-bosqich hal etilmoqda. Biroq, aholi tabiiy ravishda yanada yaxshi hayotni, muammolarning tez va samarali yechimini istaydi.

Ana shu talablardan kelib chiqib, “Xalq bilan birga” loyihasi ishga tushirildi. Uning asosiy maqsadi — har bir murojaatni joyida o‘rganish, muammolarni tizimli hal qilish va xalq bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Eng asosiy maqsad — xalq ishonchini oqlash, ularning muammolariga yechim topish va har bir fuqaroning hayot sifatini yanada yaxshilashdir”, — dedi R. Shodiyeva.

Slide 1 of 1