Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish — ta’lim tizimining ustuvor vazifasi
янв.21
Kutubxona — bilim va ma’naviyat maskani: 26-sonli maktabdagi o‘rganishlar
янв.21
"Surxon tongi" gazetasining 2026-yil 29-apreldagi 17-sonida:
янв.21
Termiz shahar Kengashida budjet mablag‘larini yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
Ko‘p kvartirali uylar holati deputat nazoratida
янв.21
Deputat nazorati: “Abdulla Avloniy” mahallasidagi bog‘cha faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi manzil — 11-sonli maktab kutubxonasi
янв.21
Kitob — ma’naviyat ko‘zgusi: 9-sonli maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Inson qadri uchun: "Abdulla Avloniy" mahallasida ijtimoiy himoya masalalari doimiy diqqat markazida
Deputat nazorati

 Ohangaron yangilanishlarga yuz tutmoqda 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Administratsiyasi tomonidan hududlarda mahalla fuqarolar yig‘inlarida infratuzilmani
rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash va hududlarni kompleks rivojlantirishga
qaratilgan yig‘ilishning 16-sonli bayonnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida tasdiqlangan
“Yo‘l xaritasi” doirasida Qiziloy mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tizimli ishlar
amalga oshirilmoqda. Bugun mazkur yo‘nalishda hududdagi mavjud muammolarni aniqlash,
infratuzilma holatini yaxshilash, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda
ijtimoiy ob’ektlar faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar
izchil ravishda o‘rganilmoqda va amaliyotga joriy etilmoqda.
 

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash
maqsadida Ohangaron tumanida Respublika ishchi guruhi vakili hamda Xalq deputatlari
Ohangaron tumani Kengashiga 19-Qiziloy okrugidag saylangan deputat Nafisa Mo‘minova
ishtirokida joylarda o‘rganishlar olib borilib, aholi bilan ochiq muloqot tashkil
etildi. Muloqot jarayonida fuqarolarning muammo va takliflari tinglanib, ularni
hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, hududda amalga
oshirilayotgan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarining borishi, ularning
sifati va aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar atroflicha muhokama qilindi.
 

 Muloqot davomida 16-sonli bayonnomaga ilova qilingan
“Yo‘l xaritasi”da Qiziloy mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘yicha belgilangan ustuvor
vazifalarning ijro holati tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Xususan, ichki
yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, elektr energiyasi va
gaz ta’minotidagi uzilishlarni bartaraf etish, ko‘chalarni yoritish hamda ijtimoiy
ob’ektlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
 

 O‘rganishlar natijasida ayrim kamchilik va muammolar
mavjudligi aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar va mutasaddilarga
aniq topshiriqlar berildi hamda ijro intizomini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 2