Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Guliston" mahallasida ijtimoiy himoya: Har bir muhtojga manzilli yordam
янв.21
Farhod mahallasidagi muammo deputat nazoratida
янв.21
"Kokildorota" mahallasida yanagi issiqxona qurilmoqda
янв.21
"Kokildorota" mahallasida I chorak sarhisobi: Ijtimoiy himoya va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Mahalladagi muammolarni joyida hal etish: Sayyor qabulda muammolar yechimini topdi
янв.21
Termiz shahridagi muammolar deputat nazoratida
янв.21
Obod mahalla — shahar ko‘rki: "Abdulla Avloniy" mahallasida bunyodkorlik ishlari qizg‘in olib borilmoqda
янв.21
Inson qadri uchun: "Yulduz" mahallasida ijtimoiy ko‘mak va amaliy natijalar tahlil qilindi
янв.21
"Shifokor" mahallasida ijtimoiy himoya va hamkorlik: Deputat nazorati amalda
янв.21
Kredit — daromad manbai: "Pattakesar" mahallasida imtiyozli kreditlar natijadorligi o‘rganildi
Davlat tiliga e’tibor – milliy qadriyatga hurmat

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari bilan hamkorlikda Kengash kotibiyati mudiri F.Xolmuratova tomonidan tumanda “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.

O‘rganish ishlari 59-DMMTda olib borilib, unda davlat tilining amaliy qo‘llanishi, hujjat yuritish madaniyati hamda targ‘ibot ishlari holati tahlil qilindi. Jarayon davomida mavjud yutuqlar bilan bir qatorda, ayrim kamchiliklarga ham e’tibor qaratilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Davlat tilining to‘liq va to‘g‘ri qo‘llanishi – jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biridir.

Aniqlangan muammolar yuzasidan, ya'ni buyruqlardagi imloviy xatoliklar, rasmiy hujjat shakllaridagi kamchiliklar yuzasidan ma'sullarga so'rov chiqarish rejalashtirildi.

Slide 1 of 3