Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Tinchlik" mahallasidagi faoliyat ijobiy baholandi: Asosiy maqsad — aholi farovonligi
янв.21
Mahalla tizimidagi islohotlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Huquqiy_axborot_soati
янв.21
7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
янв.21
"Guliston" mahallasida ijtimoiy himoya: Har bir muhtojga manzilli yordam
янв.21
Farhod mahallasidagi muammo deputat nazoratida
янв.21
"Kokildorota" mahallasida yanagi issiqxona qurilmoqda
янв.21
"Kokildorota" mahallasida I chorak sarhisobi: Ijtimoiy himoya va natijadorlik tahlil qilindi
янв.21
Mahalladagi muammolarni joyida hal etish: Sayyor qabulda muammolar yechimini topdi
янв.21
Termiz shahridagi muammolar deputat nazoratida
Aholini qiynagan kanal muammosi deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Mamanova Karomat Suvonobod mahallasi aholisini uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan muammo — ichki kanal holatini o‘rganish maqsadida hududga tashrif buyurdi.

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, mazkur kanalning tozalanmaganligi va texnik holatining yomonlashgani tufayli suv oqimi sekinlashgan, ayrim joylarda esa to‘planib qolish holatlari yuzaga kelgan. Bu esa aholi uchun noqulayliklar tug‘dirib, sanitariya holatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Deputat Karomat Mamanova hududda yashovchi fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazib, ularning murojaat va takliflarini tingladi. Shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda muammoni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Slide 1 of 6