Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Termiz shahridagi muammolar deputat nazoratida
янв.21
Obod mahalla — shahar ko‘rki: "Abdulla Avloniy" mahallasida bunyodkorlik ishlari qizg‘in olib borilmoqda
янв.21
Inson qadri uchun: "Yulduz" mahallasida ijtimoiy ko‘mak va amaliy natijalar tahlil qilindi
янв.21
"Shifokor" mahallasida ijtimoiy himoya va hamkorlik: Deputat nazorati amalda
янв.21
Kredit — daromad manbai: "Pattakesar" mahallasida imtiyozli kreditlar natijadorligi o‘rganildi
янв.21
Investitsiya va kelajak: 1-sonli maktabda yangi o‘quv binosi qurilmoqda
янв.21
Mahalla raisi faoliyati amalda ko‘zdan kechirildi: "Tuproqqo‘rg‘on"da hududiy o‘rganishlar
янв.21
"24-tavsiya" ijrosi nazoratda: "Tuproqqo‘rg‘on" mahallasida mas’ullar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Viloyat bolalar kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
deputat_vazifalaridan
#24_ta_masala Minglar mahallasida xotin-qizlar muammolari manzilli o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati A.Rabbimov tomonidan Minglar mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash tizimi hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida mahalla xotin-qizlar faoli Y.Hamidova tomonidan joriy yil davomida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgani aniqlandi. Jumladan, 90 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilib, ularning muammolari manzilli tarzda o‘rganilgan.

Tahlillar natijasida:

— 46 nafar xotin-qiz ijtimoiy himoyaga muhtoj;

— 10 nafari tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kreditga ehtiyoj sezmoqda;

— 11 nafari tibbiy va psixologik yordamga muhtoj;

— 23 nafari huquqiy maslahatga muhtoj toifaga kiradi.

Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 2