Tumandagi infratuzilma loyihalari bilan tanishildi
🌃Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati Ch.Normo'minov Qiziriq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-386-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.
🔵Jumladan deputat tumandagi “Yangi hayot” MFY hududida joylashgan 10,2 gektarlik istirohat bog‘ini rivojlantirish va uni zarur infratuzilma bilan ta’minlash, 14-umumta'lim maktabi hovlisiga homiylik asosida soyabon qurilishi hamda 350 o‘rinli xususiy maktab qurilishi jarayonlarini ko‘zdan kechirdi va amalga oshirilayotgan ishlarning sifat va samaradorligini baholadi.
🔵Deputat Ch.Normo'minovning bu tashrifi hududdagi ijtimoiy va ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholining qulay sharoitda yashashi uchun amalga oshirilayotgan ishlarning muhimligini ko‘rsatdi.
(https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)