Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Termiz shahrida saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat – mahalla va davlat o‘rtasidagi mustahkam ko‘prik
янв.21
Termizda ijtimoiy infratuzilma loyihalari doimiy nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 10–13-mart)
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2-7-mart kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi:
янв.21
Deputat va mahalla: aholi farovonligi yo‘lida hamkorlik
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati o‘z saylov okrugida navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan "Majnuntol" mahallasida eskirgan simyog‘ochlar yangi betonustunlarga almashtirildi
янв.21
Termizda ijtimoiy sohaga aloqador loyihalar va nazorat ishlari
янв.21
GULISTON" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR "24 MUHIM YO‘NALISH" ASOSIDA TAHLIL ETILDI
#jamoatchilik nazorati

🌙 Muborak Ramazon oyi davomida aholining kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining asossiz oshib ketishining oldini olish dolzarb vazifalardan biridir.

📍Shu maqsadda, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Bahodir Miralimov hamda bozor ma’muriyati mas’ullari ishtirokida “Oydin dehqon bozori”da jamoatchilik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

🔍 Tadbir davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari (go‘sht, yog‘, un, shakar, tuxum va sabzavotlar)ning yetarli zaxirasi;

Sotuvchilar tomonidan narxlarning sun’iy ravishda oshirilmasligi;

Tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo rastalari faoliyati.

🤝 Deputat va bozor ma’muriyati sotuvchilar bilan muloqot qilib, bayram kunlarida aholiga qulaylik yaratish, insof va baraka mezonlariga amal qilish bo‘yicha tushuntirishlar berishdi. Bu kabi nazorat tadbirlari oy davomida muntazam o‘tkazib boriladi.

Slide 1 of 3