O‘rganish davomida punktda mavjud dori-darmon zaxiralarining saqlanish sharoiti, ularning hisob-kitobi yuritilishi, aholiga belgilangan tartibda va o‘z vaqtida tarqatilishi holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, bepul dori vositalarini qabul qilish, saqlash va berish jarayonlarida amaldagi tartib-qoidalarga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan mas’ul xodimlar bilan suhbat o‘tkazilib, dori-darmonlarni to‘g‘ri saqlash, ularni ehtiyojmand aholiga o‘z vaqtida yetkazish hamda bu boradagi hisobot va nazorat tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.