Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Termiz shahrida saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat – mahalla va davlat o‘rtasidagi mustahkam ko‘prik
янв.21
Termizda ijtimoiy infratuzilma loyihalari doimiy nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 10–13-mart)
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2-7-mart kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi:
янв.21
Deputat va mahalla: aholi farovonligi yo‘lida hamkorlik
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati o‘z saylov okrugida navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan "Majnuntol" mahallasida eskirgan simyog‘ochlar yangi betonustunlarga almashtirildi
янв.21
Termizda ijtimoiy sohaga aloqador loyihalar va nazorat ishlari
янв.21
GULISTON" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR "24 MUHIM YO‘NALISH" ASOSIDA TAHLIL ETILDI
🚧 Hududlarni bog‘lovchi yo‘l masalasi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Vasila Soliyeva tomonidan Ishtixon tumani “Humo” mahallasi Chayjovul qishlog‘i hamda “Murodobod” mahallasi Chambil qishlog‘ini bog‘lovchi Humo ko‘chasining holati yuzasidan tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi.

Aholi hamda “mahalla yettiligi” bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida mazkur ko‘chaning ta’mirtalab ahvolda ekani, ayniqsa yog‘ingarchilik mavsumida fuqarolarning piyoda va transportda harakatlanishi uchun jiddiy noqulayliklar tug‘dirayotgani ta’kidlandi. Ushbu holat bo‘yicha fuqarolar tomonidan haqli e’tirozlar bildirilib, yo‘lni ta’mirlash masalasini hal etish so‘ralgan.

Shu munosabat bilan deputat tomonidan mazkur masalani joyida o‘rganish, yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha zarur amaliy choralarni ko‘rish hamda hudud aholisi uchun qulay shart-sharoit yaratish yuzasidan deputat so‘rovi kiritildi.

Slide 1 of 1