Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
GULISTON" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR "24 MUHIM YO‘NALISH" ASOSIDA TAHLIL ETILDI
янв.21
Termiz shahar "Bo‘ston" mahallasida deputatlar "Mahalla yettiligi" bilan tizimli muloqot o‘tkazdi
янв.21
“Xalq so‘zi” gazetasining 2026-yil 3-mart sanasidagi 42(9213)-sonida:
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISLOHOTLAR DOIMIY KOMISSIYA A’ZOLARI TOMONIDAN ATROFLICHA TAHLIL QILINDI
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH — USTUVOR VAZIFA TERMIZ SHAHRIDA SAYYOR YIGʻILISH O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT VA SAYLOVCHILAR MULOQOTI
янв.21
TIBBIY MARKAZDAGI QURILISH ISHLARI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
“Ayol va zamon” gazetasining 2026-yil 28-fevral kunidagi 2-sonida
янв.21
SANOAT VA INVESTISIYA LOYIHALARI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILADIGAN XIZMATNI SIFATLI TASHKIL ETILISHI, KAM TA’MINLANGAN OILALARGA IJTIMOIY NAFAQALAR VA MODDIY YORDAM TAYINLASH VA TO‘LASH HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 19-"Chashma" saylov okrugidan saylangan deputat Xojiboyev Jalol Xotamboyevich "Chinor" MFY yettiligi bilan uchrashib, hududdagi dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Uchrashuvda deputat J.Xojiboyev mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ishlari bilan yaqindan tanishdi. Xususan ijtimoiy xodim tomonidan mahalla hududida yashovchi yolg‘iz keksa fuqarolar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda manzilli ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan faoliyat yuzasidan nazorat-tahlil o‘tkazildi. O‘rganishlar jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan aholiga xizmatlar maqsadli va manzilli tarzda tashkil etilayotgani, faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi. Tadbir yakunida MFY raisi tomonidan mahalla hududiga yangi elektr simyog‘ochlar o‘rnatish zarurligi yuzasidan bildirilgan taklif bo‘yicha, mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi kiritish orqali masalani doimiy nazoratga olib uni ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilishi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 3