Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Termiz shahar "Bo‘ston" mahallasida deputatlar "Mahalla yettiligi" bilan tizimli muloqot o‘tkazdi
янв.21
“Xalq so‘zi” gazetasining 2026-yil 3-mart sanasidagi 42(9213)-sonida:
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISLOHOTLAR DOIMIY KOMISSIYA A’ZOLARI TOMONIDAN ATROFLICHA TAHLIL QILINDI
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH — USTUVOR VAZIFA TERMIZ SHAHRIDA SAYYOR YIGʻILISH O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT VA SAYLOVCHILAR MULOQOTI
янв.21
TIBBIY MARKAZDAGI QURILISH ISHLARI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
“Ayol va zamon” gazetasining 2026-yil 28-fevral kunidagi 2-sonida
янв.21
SANOAT VA INVESTISIYA LOYIHALARI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI
янв.21
Termizda yangi Mikrosanoat markazi barpo etilmoqda
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi kotibiyati

Mirzaobod tumani Xalq deputatlari Kengashining “1–Yangi O‘zbekiston” saylov okrugi deputati Kamola O‘rolova tomonidan Yangi O‘zbekiston mahallasi binosida mahalla yettiligi a’zolari va saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv jarayonida avvalo ijtimoiy soha va yoshlar masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, quyidagi dolzarb muammolar qayd etildi:

Mahallada ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar kuzatilayotgani, ayrim hollarda suv yetkazib berish to‘xtab qolayotgani aholi uchun jiddiy noqulaylik tug‘dirayotgani ta’kidlandi.

Ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklaridagi yoritish moslamalari nosoz holga kelgani va ularni ta’mirlash zarurligi bildirildi.

Maishiy chiqindilarni olib chiqish ishlari belgilangan muddatlarda amalga oshirilmayotgani, bu esa sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.

📈 Uchrashuv yakunida bildirilgan barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 1