Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Termiz shahar "Bo‘ston" mahallasida deputatlar "Mahalla yettiligi" bilan tizimli muloqot o‘tkazdi
янв.21
“Xalq so‘zi” gazetasining 2026-yil 3-mart sanasidagi 42(9213)-sonida:
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISLOHOTLAR DOIMIY KOMISSIYA A’ZOLARI TOMONIDAN ATROFLICHA TAHLIL QILINDI
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH — USTUVOR VAZIFA TERMIZ SHAHRIDA SAYYOR YIGʻILISH O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT VA SAYLOVCHILAR MULOQOTI
янв.21
TIBBIY MARKAZDAGI QURILISH ISHLARI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
“Ayol va zamon” gazetasining 2026-yil 28-fevral kunidagi 2-sonida
янв.21
SANOAT VA INVESTISIYA LOYIHALARI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI
янв.21
Termizda yangi Mikrosanoat markazi barpo etilmoqda
Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati Kenjaev Jalil Qodirovich hamda Xalq deputatlari Doʻstlik tuman Kengashi deputati Qudratova Malika Mamatmuratovna Doʻstlik tumanidagi Navroʻz mahalla fuqarolar yigʻini hududida aholi bilan uchrashuv oʻtkazdilar.

#Deputat_nazorati_amalda

  Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati Kenjaev Jalil Qodirovich hamda Xalq deputatlari Doʻstlik tuman Kengashi deputati Qudratova Malika Mamatmuratovna Doʻstlik tumanidagi Navroʻz mahalla fuqarolar yigʻini hududida aholi bilan uchrashuv oʻtkazdilar.

  Mazkur muloqotdan koʻzlangan asosiy maqsad — fuqarolarning dardini tinglash, hududdagi mavjud muammolarni oʻrganish va ularni hal etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni belgilashdan iborat boʻldi. Uchrashuv davomida aholi tomonidan 10 dan ortiq masala yuzasidan aynan kommunal xizmatlar sifati, bandlik masalalari, infratuzilmani yaxshilash va ayniqsa, ichki yoʻllarning holati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

  Shundan soʻng deputatlar mahalladagi Chorogʻon koʻchasida olib borilayotgan shagʻallashtirish ishlarining borishi bilan joyiga chiqqan holda tanishdilar. Ichki yoʻllarni ta'mirlash va shagʻallashtirish ishlari aholi uchun qulaylik yaratish, ayniqsa yomgʻirli mavsumda harakatlanish muammolarini bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Nazorat-tahlil tadbiri davomida ishlar sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi va qurilish me'yorlariga muvofiqligi oʻrganildi.

  Deputatlar tomonidan mutasaddi tashkilot vakillariga aniq koʻrsatmalar berilib, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar bildirildi. Ta'kidlandiki, har bir amalga oshirilayotgan ish aholining roziligi va manfaatiga xizmat qilishi lozim.

  Bunday uchrashuv va joylarda oʻtkazilayotgan nazorat tadbirlari xalq bilan muloqotni mustahkamlash, muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish va hududni har tomonlama obod qilishga xizmat qiladi. Eng muhimi, fuqarolar oʻz vakillari orqali oʻz taklif va muammolarini ochiq bildirish imkoniyatiga ega boʻlmoqdalar. 📍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

🌍 Web sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=3&authority_id=304) | ✅ Do'stlik kengashi (https://t.me/XD_deputatlar_dustlik_tuman) | 💬 Facebook (https://www.facebook.com/Dustlikkengashi) | 📹 Youtube (https://youtube.com/@xd_dustlik_deputatlar_kengashi)

Slide 1 of 14