Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Termiz shahar "Bo‘ston" mahallasida deputatlar "Mahalla yettiligi" bilan tizimli muloqot o‘tkazdi
янв.21
“Xalq so‘zi” gazetasining 2026-yil 3-mart sanasidagi 42(9213)-sonida:
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISLOHOTLAR DOIMIY KOMISSIYA A’ZOLARI TOMONIDAN ATROFLICHA TAHLIL QILINDI
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH — USTUVOR VAZIFA TERMIZ SHAHRIDA SAYYOR YIGʻILISH O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT VA SAYLOVCHILAR MULOQOTI
янв.21
TIBBIY MARKAZDAGI QURILISH ISHLARI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
“Ayol va zamon” gazetasining 2026-yil 28-fevral kunidagi 2-sonida
янв.21
SANOAT VA INVESTISIYA LOYIHALARI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI
янв.21
Termizda yangi Mikrosanoat markazi barpo etilmoqda
Deputat faoliyatidan

Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvida ilgari surilgan keng imkoniyatlar va yangi tashabbuslar mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida joriy yilning 26-fevral kuni xalq deputatlari Konimex tumani Kengashi deputati T. Djurayev o‘z okrugidagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar ta’limi, bandligi, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy kasb-hunar va IT yo‘nalishlarini rivojlantirish borasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, yoshlarga yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, imtiyozli kreditlar, grantlar, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash xususida tushuntirishlar olib borildi. 

Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy ongi va faolligini oshirish, ularni Vatan taraqqiyotiga daxldorlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3