Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Termizda ijtimoiy sohaga aloqador loyihalar va nazorat ishlari
янв.21
GULISTON" MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR "24 MUHIM YO‘NALISH" ASOSIDA TAHLIL ETILDI
янв.21
Termiz shahar "Bo‘ston" mahallasida deputatlar "Mahalla yettiligi" bilan tizimli muloqot o‘tkazdi
янв.21
“Xalq so‘zi” gazetasining 2026-yil 3-mart sanasidagi 42(9213)-sonida:
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISLOHOTLAR DOIMIY KOMISSIYA A’ZOLARI TOMONIDAN ATROFLICHA TAHLIL QILINDI
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH — USTUVOR VAZIFA TERMIZ SHAHRIDA SAYYOR YIGʻILISH O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTAT VA SAYLOVCHILAR MULOQOTI
янв.21
TIBBIY MARKAZDAGI QURILISH ISHLARI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
“Ayol va zamon” gazetasining 2026-yil 28-fevral kunidagi 2-sonida
янв.21
SANOAT VA INVESTISIYA LOYIHALARI DEPUTATLAR NAZORATIDA
CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI.

 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 29-sentabrdagi PQ-4845-sonli qarori ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 17-Bo‘rsiliq saylov okrugidan saylangan deputat Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich tomonidan tumandagi chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan amaliy yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Parkent tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i Qaynarov Parda Xushbaqovich hamda “ZERO-WASTE” MChJ Parkent tuman filiali rahbari Mirdavlatov Otabek Tursunmurodovich ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida korxona rahbarlarining fikr-mulohazalari tinglanib, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi. Xususan, “ZERO-WASTE” MChJ Parkent tuman filiali rahbari O.Mirdavlatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF–5-sonli Farmoniga asosan 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ evaziga Parkent hamda Yuqorichirchiq tumanlaridan olib chiqilayotgan chiqindilarni qayta ishlash maqsadida chiqindilarni yuklash markazlashgan stansiyasini qurish rejalashtirilgani ma’lum qilindi. Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida chiqindilarni yig‘ish va tashish tizimi yanada takomillashishi, sanitariya holati yaxshilanishi hamda atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha samaradorlik oshishi kutilmoqda. Shuningdek, deputat tomonidan mutasaddi tashkilotlarga chiqindilarni belgilangan jadval asosida o‘z vaqtida olib chiqishni ta’minlash, aholiga qulaylik yaratish hamda kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 4