🔹Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq deputatlar M.Ashurov, U.Aripbayev tuman hokimligi mas’ullari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentyabrdagi PQ-373-son qaroriga asosan tumanda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash holati o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida Bo‘stonliq tumani Markaziy dehqon bozorida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari barqarorligi ko‘zdan kechirildi.