🔹Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktyabrdagi PQ-343-son qarori hamda Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasida belgilangan nazorat-tahlil tadbirlariga asosan tumanda ichimlik suvi va oqova suvi tarmoqlari holati Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida tumanning “Markaziy” mahalla fuqarolari yig‘ini hududida oqova suv tarmoqlaridagi nosozliklar “Toshkent viloyati suv ta’minoti” MChJ tuman filiali mas’ullari ishtirokida ko‘rib chiqildi.
🔹Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga muddatli tavsiyalar berildi.