Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova yangi qurilgan 19-sonli DMTT faoliyatini ko‘zdan kechirdi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati X.Jurayev "Tinchlik" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi Abdulla Avloniy mahallasida!
янв.21
DEPUTAT NAZORATI TA’LIM VA INFRATUZILMA E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
DEPUTAT VA "MAHALLA YETTILIGI" YAGONA MAQSAD YO‘LIDAGI HAMJIHATLIK
янв.21
Jamoatchilik kengashi faoliyati: hamkorlik va samarali boshqaruv sari
янв.21
Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT VA "MAHALLA YETTILIGI" HAMKORLIGI "MAHALLANI RIVOJLANTIRISH VA JAMIYATNI YUKSALTIRISH YILI"DA YANGI BOSQICH
янв.21
MAHALLA HAYOTI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Surxondaryoda mahalliy Kengashlar faoliyati yanada yangi bosqichga olib chiqilmoqda
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilmani yaxshilash ishlari doimiy nazoratga olinmoqda.

Navbatdagi o‘rganish ishlari Nurafshon MFY hududida tashkil etildi. Dastlab deputatlar Bobodehqon ko‘chasida joylashgan 300 ta xonadon tomorqasini sug‘orishga mo‘ljallangan ariqni betonlash ishlari bilan tanishdilar. Mazkur loyiha aholi tomorqalarini suv bilan ta’minlashni yaxshilash, suv yo‘qotilishining oldini olish hamda hudud obodonligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Shundan so‘ng Bobodehqon ko‘chasining 500 metr qismini asfaltlashtirish yuzasidan fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat manzilli o‘rganildi. Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash zarurati va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Slide 1 of 7