Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi Abdulla Avloniy mahallasida!
янв.21
DEPUTAT NAZORATI TA’LIM VA INFRATUZILMA E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
DEPUTAT VA "MAHALLA YETTILIGI" YAGONA MAQSAD YO‘LIDAGI HAMJIHATLIK
янв.21
Jamoatchilik kengashi faoliyati: hamkorlik va samarali boshqaruv sari
янв.21
Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
DEPUTAT VA "MAHALLA YETTILIGI" HAMKORLIGI "MAHALLANI RIVOJLANTIRISH VA JAMIYATNI YUKSALTIRISH YILI"DA YANGI BOSQICH
янв.21
MAHALLA HAYOTI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Surxondaryoda mahalliy Kengashlar faoliyati yanada yangi bosqichga olib chiqilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari faoliyatini tizimli tashkil etish, aholi muammolarini manzilli o‘rganish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta eng muhim yo‘nalish bo‘yicha tavsiyalar bugun Termiz shahrida hayotga tatbiq etilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining Termiz shahridagi vakili o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
Deputat mahallada

 ❄️ Qishning sovuq kunlarida issiqlik nazoratda 

Kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish va ta’lim muassasalarida issiqlik
meyorini saqlash muhim masalalardan biridir.
 

22-Guliston saylov okrugi deputati R.Muxtorova hududdagi 3-sonli umumiy
o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, muassasaning isitish tizimi holatini ko‘zdan
kechirdi.
 

O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi: 

Isitish qozonlarining sozligi: Tizimning to‘liq quvvat bilan ishlayotgani
tekshirildi.
 

Sinfxonalardagi harorat: O‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun
xonalardagi issiqlik darajasi meyorlarga muvofiqligi ko‘rildi.
 

Energiya tejamkorligi: Issiqlik yo‘qotilishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan
choralar tahlil qilindi.
 

"Maktab — bolalarimizning ikkinchi uyi. U yerda har bir o‘quvchi
o‘zini qulay va issiq his qilishi kerak. Bu boradagi kamchiliklarni o‘z vaqtida
bartaraf etish doimiy nazoratimizda," — deydi deputat R.Muxtorova.
  

Slide 1 of 3