17-Xo‘jayuz saylov okrugidan saylangan deputat Tangirov Uktam Ummatkulovich tashabbusi bilan Xo‘jayuz mahallasida hayriya hashar tashkil etildi. Tadbirda mahalla fuqarolari, nuroniylar va yoshlar faol ishtirok etdi.
Hashar jarayonida mahalla qabristoni hududi tozalanib, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi, chiqindilar olib chiqildi hamda hudud tartibga keltirildi.
Mazkur tadbir mahalla aholisining hamjihatligini mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda hudud obodonligini ta’minlashga xizmat qildi.
t.me/Toyloq_tuman_Kengashi