#Deputatlar_faoliyati
Qonun targ'boti
2026-yil 4-fevralda qabul qilingan O‘RQ–1116-son – “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi Qonun yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Muhokama davomida qonun bilan kiritilgan asosiy o‘zgartirish va qo‘shimchalar, ularning amaliyotga joriy etilishi, huquqbuzarliklarning oldini olishdagi ahamiyati hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan huquqiy kafolatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar yangi normalarning mazmun-mohiyatini tushuntirib, ma’muriy javobgarlik sohasida qonunchilikni takomillashtirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda huquqni qo‘llash amaliyotini birxillashtirishdagi o‘rni haqida fikr bildirdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)