Xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashining “9-Garaguri” saylov okrugidan saylangan deputat Rasulov Jamshidbek Maxammadimin o‘g‘li mahalla yettiligi ishtirokida hududdagi Ibn Sino QVP da aholi uchun yaratilgan sharoitlar yuzasidan o‘rganish olib bordi.
Tadbir davomida soha vakillari bilan mavjud muammo va uning yechimlari bo‘yicha suhbat o‘tkazildi.