Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining Termiz shahridagi vakili o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2025-yildagi faoliyati sarhisob qilindi.
янв.21
Deputat T.Berdiyev “Nurli kelajak” mahallasida
янв.21
TERMIZ SHAHRIDA DEPUTATLAR FAOLIYATINI YANGI BOSQICHGA KO‘TARISHGA QARATILGAN SEMINAR BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Mahalla faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
9-fevral — buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavallud topgan kun
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 18-sessiyasi bo’lib o’tdi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI:
Tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi tomonidan banklarda o‘rganish ishlari olib borildi

Tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi tomonidan banklarda o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida davlat siyosati ijrosini ta’minlash, bank-moliya sohasida shaffoflik va ochiqlikni kuchaytirish maqsadida tumanda faoliyat yuritib kelayotgan bank muassasalarida o‘rganish va tahlil ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganishlar jarayonida banklar faoliyatida korrupsion holatlarning oldini olishga qaratilgan mexanizmlar, kredit ajratish tartiblari, bank xizmatlaridan foydalanishda fuqarolar va tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari hamda murojaatlar bilan ishlash holatlari atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, bank xodimlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarishda qonuniylikka rioya etilishi, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, ichki nazorat tizimlarining samaradorligi hamda korrupsiyaga qarshi ichki dasturlar ijrosi holatiga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning bank xizmatlari bo‘yicha taklif va e’tirozlari tinglandi.

O‘rganishlar natijasida ayrim kamchilik va muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish, bank xizmatlarida shaffoflikni oshirish, korrupsion xavf-xatarlarni kamaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi. Bank rahbarlari va mas’ul xodimlariga qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, fuqarolar bilan muomala madaniyatini yanada oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

Tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi tomonidan bu kabi o‘rganishlar kelgusida ham tizimli ravishda davom ettirilishi, bank-moliya sohasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Slide 1 of 10