Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Jayhun” mahallasida uyushmagan yoshlar ishtirokida ochiq muloqot
янв.21
TERMIZ SHAHRIDA DEPUTATLAR QO'SHMA YIG'ILISHI: XAVFSIZLIKDAN TORTIB, IQTISODIYOTGACHA – DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI DEPUTATLARI NAZORAT-TAHLIL TADBIRIDA
янв.21
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining majlisida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida davlat boshqaruvi tizimida belgilangan vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Men farzandlarimizning kelajagi, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida 2026-yilgi Aholini ro‘yxatga olish jarayonida onlayn ro‘yxatdan o‘tdim.
янв.21
“SURXON TONGI” gazetasining 2026-yil 14-yanvar kunidagi 2-sonida
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV
янв.21
Bugun xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni
янв.21
“Mardlik va vatanparvarlik saboqlari” Termizlik deputat va Oltinsoy tumanidagi maktabda mard o‘g‘lon xotirasi yod etildi
Prezident Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida mahallalar infratuzilmasi o‘rganilmoqda

Prezident Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida mahallalar infratuzilmasi o‘rganilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, xususan, mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini belgilash maqsadida xalq deputatlari tomonidan hududlarda o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur o‘rganishlar mahallalarda mavjud infratuzilma holatini tizimli baholash, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb masalalarni joyida aniqlash hamda ularni hal etish bo‘yicha aniq va manzilli takliflar ishlab chiqishga qaratilgan. Xususan, o‘rganishlar davomida hududlarning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, ichki yo‘llarning holati, tashqi yoritish tizimi, ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlanish masalalari atroflicha ko‘zdan kechirilmoqda.

Jarayonga Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati Sh. Norsayev, mahalla “yettiligi” a’zolari, mahalla faollari hamda aholi vakillari jalb etilib, fuqarolarning murojaatlari va hududlarda mavjud muammolar bevosita joyida tinglanmoqda. Aholi bilan ochiq muloqotlar orqali muammolarni manzilli aniqlash, ularning yechimi yuzasidan taklif va mulohazalarni umumlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘rganishlar yakunlariga ko‘ra aniqlangan kamchiliklar va muammolar bo‘yicha tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish, ularning ijrosini ta’minlash, zarur hollarda deputatlik so‘rovi va boshqa deputatlik mexanizmlaridan foydalanish orqali muammolarni bartaraf etish masalalari ko‘rib chiqilishi belgilangan.

Mazkur tadbirlar Prezidentimizning Murojaatnomasida belgilangan “mahalla — davlat va jamiyat boshqaruvidagi muhim bo‘g‘in” tamoyilidan kelib chiqib, hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda joylarda ochiq va samarali boshqaruvni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 6